Joriy hafta davomida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali malakali mutaxassislari Kattaqo’rg’on shahar tibbiyot birlashmasida bo’ldilar.
Tashrif davomida Tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan travmatologik – ortopedik bemorlar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi va bemorlar va mahalliy shifokorlarga kerkali tavsiyalar berildi.
Shundan so’ng Tibbiyot birlashmasida «Chap son suyagi bo’yinchasidan sinib siljishi» tashxisi bilan yotib davolnayaotgan 72 yoshli bemorga «Chap chanoq-son bo’g’imini total endoprotezlash» jarrohlik amaliyoti o’tkazib berildi. Jarrohlik amaliyotidan so’ng bemorga qoniqarli ahvolda uyiga javob berildi.
RITOIATM Samarqand filiali har haftada ibr marotaba tuman tibbiyot birlashmalariga borib, ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarni yashash joyida ko’rikdan o’tkazib, jaroohlik amaliyotini mahalliy shifokorlar bilan birgalikda amalga oshirishni davom ettirmoqdalar.