Mirzayev Ravshanbek Xoshimovich

1-bo'lim mudiri travmatolog-ortoped

About Technicians

High level of experienced and professional. Member have extensive practical experience, full training courses and top educational. He is helping heart patient and achieved success for his loyalty to the increment.

Tibbiy diagnostika va davolash bo’yicha faoliyati yo’nalishlari

Asosiy maqsadlari: uzun naysimon suyaklar o’tkir jarohatlarining diafizar siniqlarida Bloklashlovchi intramedullyar osteosintez jarrohlik amaliyotlarini takomillashtirish, yuqori va pastki metafizar siniqlarda zamonaviy plastinkalar bilan fiksatsiya qilishni yuqori texnalogiyalar asosida amaliyotga joriy qilish.

  • Tayanch-harakat a’zolari o’tkir shikastlangan katta yoshdagi bermorlarni tibbiy tashhislash, konservativ hamda zamonaviy yuqori-texnologik usullarda operativ davolash;
  • yuqori va pastki metafizar sinishlarida zamonaviy plastinkalar bilan fiksatsiya qilishni yuqori texnologiyalar asosida amaliyotga joriy qilish;
  • Son suyagi bo’yinchasi sinishlarida endoprotezlash, suyaklar siniqlarida zamonaviy usullarda osteosintez qilish, paylar, bog’lamlar va mushaklar plastikasi.

Ma’lumoti

  • 1981-1988 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, bakalavr;
  • 1988-1989 yillar. 1-son shaxar shifoxonasida internatura;
  • 1992-yil. “Travmatologiya va ortopediyaning dolzarb masalalari” (2 oylik sikl) Toshkent, O’zbekiston;
  • 1997-yil. “Travmatologiya va ortopediyaning dolzarb masalalari” Toshkent, O’zbekiston;
  • 2002-yil. “Travmatologiya va ortopediyaning dolzarb masalalari” (sayyor sikl) Toshkent, O’zbekiston;
  • 2002-yil. “Travmatologiya va ortopediyaning dolzarb muammolari” Samarqand, O’zbekiston;
  • 2005-yil. “Travmatologiya va ortopeiya” Samarqand, O’zbekiston;
  • 2007-yil. “Travmatologiya va ortopediyaning dolzarb muammolari” (sayyor sikl) Toshkent, O’zbekiston;
  • 2011-yil. “Yirik bo’gimlarni endoprotezlash” o’quv kursi, Toshkent, O’zbekiston;
  • 2013-yil. “Artrologiya va vertebrologiyaning dolzarb muammolari” Andijon, O’zbekiston;
  • 2015-yil. “Cherezkostniy osteosintez v travmatologii” Kurgan, Rossiya;
  • 2017-yil. “Travmatologiya va ortopeiyada zamonaviy davolash usullari” (sayyor sikl) Toshkent, O’zbekiston.

Faoliyati

  • 1988-1989 yy.-1-son shaxar shifoxonasida internatura;
  • 1989-1992 yy.-Pastdarg’om tumani markaziy shifoxonasida vrach anesteziolog va reanimatolog;
  • 1992-1996 yy.– Pastdarg’om tumani markaziy shifoxonasida Travmatolog;
  • 1996-1997 yy.-Viloyat markaziy TMEK 3-tarkibida ekspert jarroh;
  • 1997-2004 yy.-Viloyat ixtisoslashtirilgan jaroxatlar TMEKda rais;
  • 1999-2004 yy.-Viloyat travmatologiya va ortopediya shifoxonasi kattalar travmatologiyasi bo’limida vrach ordinator;
  • 2004-2011 yy.– Viloyat travmatologiya va ortopediya shifoxonasi Kattalar travmatologiyasi bo’limida bo’lim boshlig’i;
  • 2011-2013 yy.– Samarkand viloyat ortopediya va shikastlanish oqibatlari shifoxonasi I Kattalar travmatologiyasi bo’limida vrach;
  • 2013- x.v.gacha – Samarkand viloyat ortopediya va shikastlanish oqibatlari shifoxonasi I Kattalar o’tkir shikastlanishlar bo’limi boshlig’i.

Ilmiy faoliyati va  yutuqlari.

Faoliyati davomida 13 dan ortiq xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirgan. Bir qancha  mahalliy va xalqaro konferensiyalar, kongresslarda ma’ruza qilgan. Viloyat kasaba uyushmasining 2020 yildagi FAXRIY YORLIG’I bilan taqdirlangan.