Jongirov Sobir Abduxoshimovich

IV-Artroskopiya bo'limi mudiri

Tibbiy diagnostika va davolash bo’yicha faoliyati yo’nalishlari

Asosiy maqsadlari: Yelka bo’g’imi patologiyalarini tashhislash, davolash. Yelka va tizza bo’g’imlari patologiyalarini zamonaviy (Artroskopik) usulda davolash amaliyotlarini takomillashtirish.

  • Yirik bo’gimlari patologiyalari bor bermorlarni tibbiy tashhislash, konservativ hamda zamonaviy yuqori-texnologik usullarda operativ davolash;
  • Yelkaning odatlangan chiqishi, tizzaning xochsimon boylamlari jarohatlarini innovatsion usullarda davolashni amaliyotga joriy qilish;

Ma’lumoti

1990-1996 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, bakalavr;

1996-1998 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, Travmatologiya va ortopediya kafedrasida klinik ordinatura;

2013-yil. “Artrologiyaning dolzarb muammolari” Seul, Janubiy Koreya;

2017-yil. “Travmatologiya va ortopeiyada zamonaviy davolash usullari” Toshkent, O’zbekiston.

2018-yil. “Yirik bo’g’imlar artroskopiyasi” Novosibirsk, Rossiya Federatsiyasi.

Faoliyati

2002-2004 yy.-Viloyat travmatologiya va ortopediya shifoxonasi I Kattalar travmatologiyasi bo’limida vrach ordinator;

2004-2013 yy.– Viloyat travmatologiya va ortopediya shifoxonasi Kattalar ortopediyasi bo’limida vrach ordinator;

2013- x.v.gacha – Samarkand viloyat ortopediya va shikastlanish oqibatlari shifoxonasi IV Artroskopiya va sport travmasi bo’limi boshlig’i.

Ilmiy faoliyati va  yutuqlari.

Faoliyati davomida 10 dan ortiq xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirgan. Bir qancha  mahalliy va xalqaro konferensiyalar, kongresslarda ma’ruza qilgan. 2018 yilda Respublikada “Yilning eng yahshi travmatolog-ortopedi” nominatsiyasida faxrli II o’rin sohibi bo’lgan. 2019 yil yakuniga ko’ra Filialning “Eng izlanuvchan innovatsion jarrohi”.