Joriy yilning 20-may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida Respublika travmatolog-ortopedlari jamiyatining navbatdan tashqari ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. Rahmatli ustoz Mamayusuf Rahmonqulovich Salimovning yorqin hotirasiga bag’ishlab tashkil etilgan anjumanda filialda PhD ilmiy unvoni uchun ilmiy ish yoqlash arafasida turgan 7 nafar xodim o‘zlarining dokladlari bilan ishtirok etdilar. Jami 100 dan ortiq mutaxassis kuzatib borgan yig’ilish barchada katta qiziqish bilan uyg’otdi. Anjumanni to’g’ridan-to’g’ri ZOOM platformasi orqali online kuzatib borish imkoniyati yaratildi.