IV Artroskopiya va sport travmasi bo’limi
1984-yil avgust oyida shifoxonada “Kattalar ortopediyasi bolimi” tashkil qilnadi va bo’lim mudirligiga T.f.n. David Gavrilovich Ilyasov tayinlanadi.1994-2003 yillar davomida ushbu bo’lim mudirligi lavozimida Shavkat Xaqqulovich To’raqulovich faoliyat olib brogan. 2000-yilda bo’lim tarixida katta o’zgarish ro’y beradi: Bo’limga AQSHning Stryker firmasining zamonaviy artroskop apparati olib kelinadi.
2012-yildan boshlab bo’lim “Yirik bo’g’imlar artroskopiyasi va ortopediyasi” sifatida ish boshlaydi.
Bugungi kunda bo’lim 25 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, shifoxona 2-korpusining 3-qavatida joylashgan. Bo’lim mudiri Jongirov Sobir Abduxoshimovich boshchilidagi 2 nafar vrach ordinatorlar hamda 1 nafar filosofiya doktori va 1 nafar kafedra assistentidan iborat jamoa bugungi kunda bo’g’im kasalliklari bor va sport travmasi olgan bemorlarni malakali tibbiy ko’rikdan o’tkazadilar, davolaydilar va konsultatsiya qiladilar.
Bo’limda har yili o’rta xisobda 1500 ga yaqin bemorlar statsionar sharoitda davolanadilar va 800 ga yaqin murakkab yuqori texnologik miniinvaziv jarrohlik amaliyotlari eng zamonaviy usullarda, dunyoning yetakchi klinikalari(Birlashgan millatlar xamdo’stligi mamalakatlari, sharqiy osiyo va yevropa davlatlari)da qo’llanilayotgan xalqaro standartlarga mos tarzda yuqori sifatli implantlar, (Stryker, Conmed, Arthrex, Johnson&Johnson) qo’llagan holda jarrohlik amaliyotlarini bajarib kelmoqdalar.
Bo’lim mutaxassislari Artroskopiya bo’yicha ulkan tajribaga ega bo’lib, nafaqat Samarqand viloyati miqyosida, balki Respublikada ham yetakchilardan hisoblanishadi.
Bo’lim vrachlari har yili o’z malakalarini dunyoning yetakchi klinikalari(Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina)da o’z malakalarini oshirib qaytadilar va yangi davolash usullarinin amaliyotga tadbiq etib kelmoqdalar. Xozirgi kunda 2 nafar shifokorlar PhD unvonini olish uchun ilmiy ish ustida izlanish olib bormoqdalar.
Bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Bo’gimlarni artroskopiyasi:
- Tizza bo’g’imi bog’lamlari va menisklari jarohatlar, Beyker kistasi, tizza bo’g’imining nostabilligi, tizza qopqog’i xondromalyatsiyasini aminiinvaziv usullarda davolash;
- Tizza qopqog’ining tashqi nostabilligini tiklash bo’yicha bo’limda ishlab chiqilgan metodika orqali davolash;
- Yelkaning odatlangan chiqishlarini, aylantiruvchi manjeta, yelkaning ikki boshli mushagi uzun boshchasi tendiniti va jarohatlarini ochiq usulda va artroskop yordamida tiklash;
- Turli etiologiyali artroz va artritlarni davolash;
- Plazmolifting, punksion terapiya.