I Kattalar o’tkir shikastlanishlari bo’limi
  • 1963-yilda Shifoxonada eng dastlabki tashkil qilingan bo’limlardan biri: “Kattalar o’tkir travmatologiya va ortopediyasi” bo’limi 40 o’ringa mo’ljallanib ochilgan va 1975-yilgacha bo’lim boshlig’i vazifasida Yevgeniya Petrovna Borisova ish olib borgan.
  •     Bugungi kunda bo’lim 40 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, shifoxona 1- korpusining 3-qavatida joylashgan. Bo’lim mudiri Mirzayev Ravhanbek Xoshimovich boshchilidagi 8 nafar vrach ordinatorlar hamda 2 nafar kafedra assistentlaridan iborat jamoa bugungi kunda tayanch-harakat a’zolarining istalgan turdagi shikastlanishlari bor bemorlarni malakali tibbiy ko’rikdan o’tkazadilar, davolaydilar va konsultatsiya qiladilar.
  •     Bo’limda har yili o’rta hisobda 1200 ga yaqin jarrohlik amaliyotlari eng zamonaviy usullarda, dunyoning yetakchi klinikalari(Birlashgan millatlar xamdo’stligi mamalakatlari, Sharqiy Osiyo va Yevropa davlatlari )da qo’llanilayotgan xalqaro standartlarga mos tarzda yuqori sifatli implantlar, metal moslamalarni(Double Medical, IRENE, CHM, Bioimplanti, CORENTEC) qo’llagan holda jarrohlik amaliyotlarini bajarib kelmoqdalar.
  •     Bo’lim vrachlari o’tgan davr mobaynida «Ilizarov» nomidagi travmatologiya-ortopediya ilmiy-tekshirish instituti(Kurgan, Rossiya Federatsiyasi), «Djanelidze»nomidagi tez yordam ilmiy-tekshirish markazi(Sankt-Peterburg)kabi yetakchi klinikalarda o’z malakalarini oshirib qaytishgan.
Bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari
  • Bo’gimlarni endoprotezlash:
    – Son suyagi bo’yinchasi siniqlari va soxta bo’g’imlarida chanoq-son bo’g’imini total endoprotezlash.
  • Tayancha-harakat a’zolarinig turli qismlaridagi o’tkir jaroxatlari va ularning oqibatlari:
    – Suyak usti, suyak ichi metal osteosintezlari va tashqi fiksatsiya apparatlarini barcha turlarini qo’llab davolash;
    – Uzun naysimon suyaklar yolg’on bo’g’imlarini autosuyak kiritib davolashning barcha turlari amalga oshiriladi.