I Kattalar qo’shma shikastlanishlari bo’limi

  • 1995-yilda “Kattalar o’tkir shikastlanishlari” bo’limidan 30 o’ringa mo’ljallangan “Kattalar qo’shma jarohatlari bo’limi” ajralib chiqadi. Bo’lim mudirligi lavozimiga tajribali harbiy travmatolog Ozod Isomiddinovich Asqarov tayinlanadi va 1998 yilgacha ushbu lavozimda mehnat qiladi.
  • Bugungi kunda bo’lim 30 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, shifoxona 1- korpusining 2-qavatida joylashgan. Bo’lim mudiri Ro’ziqulov Olim Shodiyevich boshchilidagi 5 nafar vrach ordinatorlar hamda 1 nafar kafedra assistentidan iborat jamoa bugungi kunda tayanch-harakat a’zolarining istalgan turdagi shikastlanishlari bor bemorlarni, qo’shma jarohati bor va o’gir ko’rinishdagi jarohatlari bor bemorlarni malakali tibbiy ko’rikdan o’tkazadilar, davolaydilar va konsultatsiya qiladilar.
  • Bo’limda har yili o’rta xisobda 1100 ga yaqin bemorlar statsionar sharoitda davolanadilar va 700 ga yaqin yuqori texnologik noyob jarrohlik amaliyotlari eng zamonaviy usullarda, dunyoning yetakchi klinikalari(Birlashgan millatlar xamdo’stligi mamalakatlari, sharqiy osiyo va yevropa davlatlari )da qo’llanilayotgan xalqaro standartlarga mos tarzda yuqori sifatli implantlar, metal moslamalarni(Double Medical, IRENE, CHM, Bioimplanti, CORENTEC) qo’llagan holda jarrohlik amaliyotlarini bajarib kelmoqdalar.
  • Bo’lim vrachlari har yili o’z malakalarini dunyoning yetakchi klinikalari(Janubiy Koreya, Xindiston, Turkiya, Ukraina, Rossiya Federatsiyasi)da o’z malakalarinin oshirib qaytadilar va yangi davolash usullarinin amaliyotga tadbiq etib kelmoqdalar. Xozirgi kunda 3 nafar shifokor PhD unvonini olish uchun ilmiy ish ustida izlanish olib bormoqdalar.

Bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari

Bo’gimlarni endoprotezlash:

  • Son suyagi bo’yinchasi siniqlari va soxta bo’g’imlarida chanoq-son bo’g’imini total endoprotezlash.

Tayancha-harakat a’zolarinig turli qismlaridagi o’tkir jaroxatlari va ularning oqibatlari:

  • Suyak usti, suyak ichi metal osteosintezlari va tashqi fiksatsiya apparatlarini barcha turlari;
  • Uzun naysimon suyaklari yolg’on bo’g’imlarini autosuyak kiritib davolashning barcha turlari;
  • Oyoq va qo’l kaft barmoqlari suyaklari, paylari jarohatlarida mikrojarrohlik operatsiyalari, plastik jarrohlik amaliyotlari;
  • Chanoq suyaklari va quymich kosasi devorlari sinishlarida zamonaviy jarrohlik ususllari.
  • Tirsak va tizza bo’gimlari murakkab bo’g’im ichi siniqlarini davolash.