III Kattalar ortopediyasi bo’limi
1984-yil avgust oyida shifoxonada “Kattalar ortopediyasi bo’limi” tashkil qilingan va bo’lim mudirligiga T.f.n. David Gavrilovich Ilyasov tayinlgan. Undan so’ng bo’lim mudirligi lavozimida To’raqulov Shavkat Xaqqulovich, Mamatqulov Komiljon Mardonqulovich va Mamatqulov Oybek Xoliqovich, Avezov Odilbek Maqsudovich ishlaganlar.
Bugungi kunda bo’lim 55 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, shifoxona 2-korpusining 2-qavatida joylashgan. Bo’lim mudiri Murodov Said Sodiqovich boshchilidagi 7 nafar vrach ordinatorlar hamda 1 nafar kafedra assistentidan iborat jamoa bugungi kunda tayanch-harakat a’zolarining ortopedik kasalliklari bor bemorlarni malakali tibbiy ko’rikdan o’tkazadilar, davolaydilar va konsultatsiya qiladilar.
Bo’limda har yili o’rta xisobda 2200 ga yaqin bemorlar statsionar sharoitda davolanadilar va 900 ga yaqin yuqori texnologik noyob jarrohlik amaliyotlari eng zamonaviy usullarda, dunyoning yetakchi klinikalari(Birlashgan millatlar xamdo’stligi mamalakatlari, sharqiy osiyo va yevropa davlatlari)da qo’llanilayotgan xalqaro standartlarga mos tarzda yuqori sifatli implantlar, metal moslamalarni(Double Medical, IRENE, CHM, Bioimplanti, CORENTEC) qo’llagan holda jarrohlik amaliyotlarini bajarib kelmoqdalar.
Bo’lim mutaxassislari yirik bo’g’imlarni endoprotezlash bo’yicha ulkan tajribaga ega bo’lib, nafaqat Samarqand viloyati miqyosida, balki Respublikada ham yetakchilardan hisoblanishadi.
Bo’lim vrachlari har yili o’z malakalarini dunyoning yetakchi klinikalari(Janubiy Koreya, Ukraina, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Italiya, Polsha)da o’z malakalarini oshirib qaytadilar va yangi davolash usullarinin amaliyotga tadbiq etib kelmoqdalar. Xozirgi kunda 2 nafar shifokorlar PhD unvonini olish uchun ilmiy ish ustida izlanish olib bormoqdalar.
Bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Bo’gimlarni endoprotezlash:
- Son suyagi bo’yinchasi siniqlari va soxta bo’g’imlarida, turli etiologiyali koksartroz va gonartrozlarda chanoq-son va tizza bo’g’imlarini total endoprotezlash.
Tayancha-harakat a’zolarinig turli qismlaridagi eski jaroxatlari va ularning asoratlari:
- Suyak usti, suyak ichi metal osteosintezlari va tashqi fiksatsiya apparatlarini barcha turlari;
- Uzun naysimon suyaklari yolg’on bo’g’imlarini autosuyak kiritib davolashning barcha turlari;
- Oyoq va qo’l kaft barmoqlari suyaklari, paylari jarohatlarida mikrojarrohlik operatsiyalari, plastik jarrohlik amaliyotlari;
- Chanoq suyaklari va quymich kosasi devorlari sinishlarida zamonaviy jarrohlik usullari.
- Yelka bo’gimining odatlangan chiqishlari, Hallux valgus, bo’g’imlar sinovitlari va boshqa patologiyalarni zamonaviy usullarda davolash.