Qarshiboyev Abduvaxob Jonboyevich

V-Umurtqa jarroxligi bo’limi mudiri

Tibbiy diagnostika va davolash bo’yicha faoliyati yo’nalishlari

Asosiy maqsadlari: Umurtqa pog’onasi patologiyalarida jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish, umurtqa pog’onasida o’tkaziladigan maloinvaziv jarrohlik amaliyotlarini amaliyotga joriy qilish.

  • Umurtqa pog’onasi kasalliklari va shikastlasnishlari bor bermorlarni tibbiy tashhislash, konservativ hamda zamonaviy yuqori-texnologik usullarda operativ davolash;
  • umurtqa pog’onasi tug’ma va orttirilgan patologiyalari bor bolalarni tibbiy tashhislash, konservativ va operativ usulda davolash;
  • Turli etiologiyali umurtqa pog’onasi suyaklari siniqlarini zamonaviy usullarda osteosintez qilish (TPF).

Ma’lumoti

1993-2000 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, bakalavr;

2000-2002 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasida klinik ordinator;

2010-yil. “Umurtqa jarrohligi” Xarkov, Ukraina.

2012-yil. “Travmatologiya va ortopediya asoslari” Minsk, Belarus;

2013-yil. “Umurtqa pog’onasi kasalliklarini zamonaviy usulda davolash” Xarkov, Ukraina

2016-yil. “Umurtqa pog’onasi kasalliklarini zamonaviy usulda davolash” o’quv kursi, Toshkent, O’zbekiston;

2013-yil. “Umurtqa pog’onasi kasalliklarini zamonaviy usulda davolash” Ilizarov nomidagi TOITI. Kurgan, Rossiya Rederatsiyasi.

Faoliyati

2002-2008 yillar. Samarqand viloyat ortopediya va travmatologiya shifoxonasining Poliklinika bo’limida vrach ordinator;

2008-2017 yillar. Samarqand viloyat ortopediya va shikastlanishlar oqibatlari shifoxonasi, Umurtqa jarrohligi bo’limi vrach ordinatori;

2017- yildan. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali umurtqa jarrohligi bo’limi boshlig’i

Ilmiy faoliyati va  yutuqlari.

Faoliyati davomida 10 dan ortiq xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirgan. Bir qancha  mahalliy va xalqaro konferensiyalar, kongresslarda ma’ruza qilgan.