Kodirov Ma’ruf Abdumajitovich

Tashkiliy masalalar va ilmish ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

Tibbiy diagnostika va davolash bo’yicha faoliyati yo’nalishlari

Asosiy maqsadlari: umurtqa pog’onasi va yirik bo’g’imlar kasalliklarini miniinvaziv va endoskopik usullarda davolashni takomillashtirish.
  • Tayanch-harakat a’zolari tug’ma va orttirilgan patologiyalari bor bemorlar konsultatsiyasi, tekshirish, konservativ va jarrohlik usullarida davolash;
  • Tayanch-harakat a’zolarining o’tkir shikastlanishlari bor bermorlarni tibbiy tashhislash, konservativ hamda zamonaviy yuqori-texnologik jarrohlik usullarda davolash;
  • Yirik bog'imlar patologiyalalarini artroskopik(endoskopik) usulda davolash:
  • Umurtqalararo disk churralari, orqa miya kanali stenozlarini endoskopik(artroskopik)usulda davolash.
Ma’lumoti
  • 2005-2012 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, Davolash ishi yo’nalishi bo’yicha bakalavr;
  • 2013-2016 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, Travmatologiya va ortopediya yo’nalishi bo’yicha magistr(«III-IV darajada Displastik koksartrozi bor bemorlarni endoprotezlash usulida davolashni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya)
  • 2017-yil. “Umurtqa pog’onasi patologiyalarini zamonaviy usullarda davolash” LIV hospital international. Istanbul, Turkiya.
  • 2018-yil. “Umurtqa pog’onasi patologiyalarini endoskopik(PSLD) usulda davolash” Good doctor Teun Teun hospital. Anyang, Janubiy Koreya.
  • 2018-yil. “Yirik bo’gimlar artroskopiyasi” Good doctor Teun Teun hospital. Anyang, Janubiy Koreya.
  • 2018-yil. “Umurtqa pog’onasi patologiyalarini endoskopik usulda(UBE) davolash” The Leon Wiltse Memorial hospital. Suwon, Janubiy Koreya.
  • 2019-yil. “Yirik bo’gimlar patologiyalarini endoprotezlash usulida davolash” Shalby Multispeciality hospital. Ahmedabad, Hindiston.
  • 2019-yil. “Chanoq-son va tizza bo’g’imlarini endoprotezlash” 'R.R.Vreden" nomidagi travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti. Sankt-Peterburg. Rossiya Federatsiyasi.
  • 2022-yil. “Yirik bo’gimlar artroskopiyasi va endoprotezlash” Hayat hastanesi. Bursa, Turkiya. 
Faoliyati
  • 2016-yildan: Samarqand viloyat ortopediya va shikastlanishlar oqibatlari shifoxonasining "II Kattalar qo’shma shikastlanishlari oqibatlari bo’limi" vrach ordinatori.
  • 2019-yildan: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali direktorining Tashkiliy-uslubiy masalalar va ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, matbuot kotibi.
Ilmiy faoliyati va  yutuqlari. 2016-yilda «III-IV darajada Displastik koksartrozi bor bemorlarni endoprotezlash usulida davolashni takomillashtirish» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini yoqlagan. 25 dan ortiq xalqaro jurnallarda(VAK, SCOPUS) ilmiy maqolalar muallifi. Mahalliy va xalqaro konferensiyalar, kongresslar ishtirokchisi. Hozirda «Son suyagi distal oxiri siniqlarini bloklovchi intramedullyar osteosintezlash» mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.