Mamatqulov Oybek Xoliqovich

Direktor

Tibbiy diagnostika va davolash bo’yicha faoliyati yo’nalishlari

Asosiy maqsadlari: chanoq-son va tizza bo’g’imlari patologiyalarida endoprotezlash usulida davolashni takomillashtirish, tirsak va boldir-oshiq bo’g’imlarini endoprotezlash amaliyotlarini amaliyotga joriy qilish.

  • Tayanch-harakat a’zolarining ortopedik kasallklari bor katta yoshdagi bermorlarni tibbiy tashhislash, konservativ hamda zamonaviy yuqori-texnologik usullarda operativ davolash;
  • Ortopedik tug’ma va orttirilgan kasalliklari bor bolalarni tibbiy tashhislash, konservativ va operativ usulda davolash;
  • Turli etiologiyali koksartroz va gonartrozlarda, son suyagi bo’yinchasi sinishlarida endoprotezlash, suyaklar siniqlarini zamonaviy usullarda osteosintez qilish, paylar, bog’lamlar va mushaklar plastikasi.

Ma’lumoti

1991-1997 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, bakalavr;

1997-1998 yillar. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, “Bolalar jarrohligi” kafedrasida internatura;

2009-yil. “Travmatologiya va ortopediya asoslari” Minsk, Belarus;

2010-yil. “Umurtqa jarrohligi” Xarkov, Ukraina.

2011-yil. “Yirik bo’gimlarni endoprotezlash” Xarkov, Ukraina

2011-yil. “Yirik bo’gimlarni endoprotezlash” o’quv kursi, Toshkent, O’zbekiston;

2016-yil. “Yirik bo’g’imlar ortopediyasi asoslari”  Tbilisi, Gruziya.

2017-yil. “Chanoq-son va tizza bo’g’imlarini endoprotezlash” Quddus, Isroil;

2018-yil. “Tizza bo’gimini endoprotezlash” Milan, Italiya;

2019-yil. “Yirik bo’g’imlarni endoprotezlash” Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari;

2019-yil. “Yirik bo’g’imlarni endoprotezlash” Seul, Janubiy Koreya;

Faoliyati

1998-1999 yillar. Samarqand viloyat ortopediya va jarrohlik shifoxonasida vrach rabiolog;

1999-2002 yillar. Samarqand viloyat ortopediya va jarrohlik shifoxonasining Qabul bo’limi vrach ordinatori;

2002-2011 yillar. Samarqand viloyat ortopediya va jarrohlik shifoxonasining Bolalar ortopediyasi bo’limi vrach ordinatori;

2011-2011 yillar. Samarqand viloyat ortopediya va shikastlanishlar oqibatlari shifoxonasi, Yirik bo’g’imlar ortopediyasi bo’limi vrach ordinatori;

2011-2012 yillar. Samarqand viloyat ortopediya va shikastlanishlar oqibatlari shifoxonasi, Yirik bo’g’imlar ortopediyasi bo’limi boshlig’i;

2012-2018 yillar. Samarqand viloyat ortopediya va shikastlanishlar oqibatlari shifoxonasi, Kattalar ortopediyasi bo’limi boshlig’i;

2018-yildan. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali direktori.

Ilmiy faoliyati va  yutuqlari.

Faoliyati davomida 45 dan ortiq xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirgan. Bir qancha  mahalliy va xalqaro konferensiyalar, kongresslarda ma’ruza qilgan. Hozirda «Keksa yoshdagi bemorlarda chanoq-son bo’gimini endoprotezlash» mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil, 26 avgustdagi farmoniga ko’ra “Mehr-sahovat” ko’krak nishoniga loyiq topilgan.