Joriy yilning 16-17-avgust kunlari Samaqand shahri Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari sog’liqni saqlash vazirlari yi’g’ilishiga va Turkiy dunyo davlatlari tibbiyot Kongressiga mehmonlik qilmoqda. «Silk Road by Minyoun» mehmonhonasida o’tayotgan ushbu tarixiy tadbir qardosh davlatlar orasidagi o’zaro yaqinlik va ishonch ruhiga tayanganligiga guvoh bo’lmoqdamiz. Tadbirning asosiy qismi sanalgan O’zbekiston-Turkiya tibbiyot forumida ikki davlat tibbiyot tizimidagi o’zaro hamkorlik, do’stlik va hamjihatlikka asoslangan memororandumlar imzolanishi va do’stlik aloqalari o’rnatilishi e’tiborga molikdir.
Shu o’rinda Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali ham Turkiyaning jami 13 ta filialdan iborat eng katta MEMORIAL klinikalar tarmog’i bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatdi va Memorandum imzolandi.
Memorandumga asosan endilikda markaz hodimlari ushbu klinikalar tarmoqlarida malaka oshirishlari, o’zaro bilim va tajriba almashishlari, onlayn konsultatsiyalar tashkillashtirishlari va hamkorlikda jarrohlik amaliyotlarinin bajarishlari imkoniyatiga ega bo’ldilar.
RITOIATM Samarqand filiali axborot xizmati.