«Sog’liqni saqlash vaziri kubogi-2023» sport musobaqalari bo’lib o’tdi

 Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand Filialiga qarashli sport maydonida O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari o’rtasida o’tkazilayotgan sport musobaqalariga start berildi.

Musobaqaning dastlabki kunida 3-Hududdan joy olgan 4 ta viloyat davolash profilaktika muassasalari: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali, Viloyat perinatal markazi, Viloyat ruhiy kasalliklar dispanseri hamda Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari sportning futbol, stol tennisi, shashka va shaxmat turlari bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar.

Futbol bo’yicha 2-o’rin; stol tennisi bo’yicha 1-o’rin va shaxmat bo’yicha 1-o’rinni egallagan markazimiz xodimlari umumiy hisobda 3-Hududda 1 o’ringa sazovor bo’lishdi.

RITOIATM Samarqand filiali axborot hizmati.

Turkiya bilan o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 16-17-avgust kunlari Samaqand shahri Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari sog’liqni saqlash vazirlari yi’g’ilishiga va Turkiy dunyo davlatlari tibbiyot Kongressiga mehmonlik qilmoqda. «Silk Road by Minyoun» mehmonhonasida o’tayotgan ushbu tarixiy tadbir qardosh davlatlar orasidagi o’zaro yaqinlik va ishonch ruhiga tayanganligiga guvoh bo’lmoqdamiz. Tadbirning asosiy qismi sanalgan O’zbekiston-Turkiya tibbiyot forumida ikki davlat tibbiyot tizimidagi o’zaro hamkorlik, do’stlik va hamjihatlikka asoslangan memororandumlar imzolanishi va do’stlik aloqalari o’rnatilishi e’tiborga molikdir.

Shu o’rinda Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali ham Turkiyaning jami 13 ta filialdan iborat eng katta MEMORIAL klinikalar tarmog’i bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatdi va Memorandum imzolandi.

Memorandumga asosan endilikda markaz hodimlari ushbu klinikalar tarmoqlarida malaka oshirishlari, o’zaro bilim va tajriba almashishlari, onlayn konsultatsiyalar tashkillashtirishlari va hamkorlikda jarrohlik amaliyotlarinin bajarishlari imkoniyatiga ega bo’ldilar.

RITOIATM Samarqand filiali axborot xizmati.

Kattaqo’rg’on shahrida ham ilk bor chanoq-son bo’g’imi endoprotezlash amaliyoti bajarildi

Joriy hafta davomida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali malakali mutaxassislari Kattaqo’rg’on shahar tibbiyot birlashmasida bo’ldilar.

Tashrif davomida Tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan travmatologik – ortopedik bemorlar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi va bemorlar va mahalliy shifokorlarga kerkali tavsiyalar berildi.
Shundan so’ng Tibbiyot birlashmasida «Chap son suyagi bo’yinchasidan sinib siljishi» tashxisi bilan yotib davolnayaotgan 72 yoshli bemorga «Chap chanoq-son bo’g’imini total endoprotezlash» jarrohlik amaliyoti o’tkazib berildi. Jarrohlik amaliyotidan so’ng bemorga qoniqarli ahvolda uyiga javob berildi.
RITOIATM Samarqand filiali har haftada ibr marotaba tuman tibbiyot birlashmalariga borib, ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarni yashash joyida ko’rikdan o’tkazib, jaroohlik amaliyotini mahalliy shifokorlar bilan birgalikda amalga oshirishni davom ettirmoqdalar.

Samarqandda Respublika travmatolog-ortopedlari jamiyatining ilmiy anjumani bo’lib o’tdi

Joriy yilning 20-may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida Respublika travmatolog-ortopedlari jamiyatining navbatdan tashqari ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. Rahmatli ustoz Mamayusuf Rahmonqulovich Salimovning yorqin hotirasiga bag’ishlab tashkil etilgan anjumanda filialda PhD ilmiy unvoni uchun ilmiy ish yoqlash arafasida turgan 7 nafar xodim o‘zlarining dokladlari bilan ishtirok etdilar. Jami 100 dan ortiq mutaxassis kuzatib borgan yig’ilish barchada katta qiziqish bilan uyg’otdi. Anjumanni to’g’ridan-to’g’ri  ZOOM platformasi orqali online kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Joriy yilning 20-may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida Respublika travmatolog-ortopedlari jamiyatining navbatdan tashqari ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda filialda PhD ilmiy unvoni uchun ilmiy ish yoqlash arafasida turgan 7 nafar xodim o‘zlarining dokladlari bilan ishtirok etdilar. Anjumanni ZOOM platformasi orqali online kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Nurobod tumanida ilk bor yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarildi

   Bugun Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali birgalikdagi tashabbusiga binoan Nurobod tuman tibbiyot birlashmasida ilk bor yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti: chanoq-son bog‘imini total endoprotezlash amaliyoti bajarildi.   Chanoq-son bog‘imidagi surunkali patologiya sababli uzoq yillardan buyon aziyat chekayotgan, ammo ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib, jarrohlik amaliyotiga mablag‘ topa olmayotgan 23 va 42 yoshli 2 nafar bemorlarga Davlat tibbiy sug‘urta tizimi mablag‘lari hisobidan Nurobod tuman tibbiyot birlashmasinig o‘zida endoprotezlash, ya‘ni, sun‘iy bo‘g‘im qo‘yish amaliyotlari o‘tkazib berildi.

Filial malakali mutaxassislari I.Napasov, K.Vaxobov hamda V.Pak birgalikdagi jamoa tomonidan mohirona amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlari mahalliy mutaxassislar uchun chinakam mahorat darsi vazifasini o‘tadi.

 

Tadbir davomida Nurobod tumani kuratori S.Meliboyev hamda Toshkent shahridan kelgan mutaxassislar tomonidan shifoxona Tug‘ruq kompleksida dunyoga kelgan chaqaloqlarni birlamchi profilaktik ko‘rikdan va Markaziy Ko‘p Tarmoqli Poliklinikaga ambulator murojaat qilib kelgan bemorlarni ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

RITOIATM Samarqand filiali Axborot xizmati

SSV: Mamlakatimizda tibbiy ta’lim yo‘nalishidagi yirik kampus ish boshladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti yangi kampusining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning tabrigi o‘qib eshittirildi.

Marosimda viloyat mas’ullari, mamlakatimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari hamda davolash muassasalari rahbarlari, xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mehmonlar yangi kampusning imkoniyatlari va bu yerda joylashgan zamonaviy klinika hamda simulyasion markaz faoliyatiga yuqori baho berdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur bino qurilishiga Prezidentimizning 2017 yil mart oyida Buxoro viloyatiga safari davomida berilgan topshiriqlar asos bo‘lgan edi.

Ma’lumot o‘rnida: Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990 yilda tashkil topgan. Bu yerda 8 ta fakul’tet va 42 ta kafedra, 12 ta bakalavriat hamda 24 ta mutaxassislik bo‘yicha magistratura yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Kelgusi o‘quv yilidan yana 2 ta yangi fakul’tet, 3 ta kafedra, 1 ta bakalavriat va 6 ta magistratura yo‘nalishida mutaxassislik ochilishi ko‘zda tutilgan.

Kunning ikkinchi yarmida, yangi foydalanishga topshirilgan tibbiyot instituti binosida mamlakatimiz tibbiy oliy ta’lim muassasalari rektorlarining rayosat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda milliy tibbiyot va farmasevtika ta’limini modernizasiya qilish, ushbu sohaga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, talabalarga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirish masalalari borasida so‘z bordi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

JSST: Tuz iste’molini kamaytirish orqali 2030 yilgacha 7 million kishining hayotini saqlab qolish mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelgusi uch yilda dunyo bo‘yicha natriy iste’molini 30 foizga kamaytirishni global maqsad, deb belgilgan. Ammo bu boradagi chora-tadbirlar ijrosi tashkilotga a’zo davlatlarning 73 foizi tomonidan to‘liq ta’minlanayotgani yo‘q.

Shu bois JSST yangi bayonot bilan chiqdi. Unda qayd etilishicha, mazkur modda inson organizmiga asosan osh tuzi (natriy xlorid) orqali qabul qilinadi. Uning kunlik me’yori 5 gramm (bir choy qoshiq)dan oshmasligi kerak.

Ammo hozir jahon bo‘yicha mazkur ko‘rsatkich bir kishi uchun o‘rtacha 10,8 grammni tashkil qilmoqda. Boshqacha aytganda, JSST tavsiyasidan ikki baravar ko‘p osh tuzi iste’mol qilinmoqda.

 

Oqibatda insonlar o‘rtasida erta o‘lim xavfi yildan yilga oshib boryapti. Yurak-qon tomir va asab tizimi, buyrak kasalliklari, oshqozon saratoni, semizlik, osteoporozdan aziyat chekuvchi bemorlar soni ko‘paymoqda.

Vaholanki, yuqorida keltirilgan me’yorlarga amal qilish orqali 2030 yilgacha 7 million kishining hayotini saqlab qolish mumkin.

Ayni sababdan JSST rahbari Tedros Gebreyesus barcha davlatlarni natriy iste’moli yuzasidan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqirmoqda.

Xususan, ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida natriy miqdori belgilangan me’yordan oshmasligi uchun zarur cheklovlar o‘rnatilishi maqsadga muvofiq.

Iste’molchilarga tuz miqdori kam bo‘lgan mahsulotlarni taklif etish uchun ularni maxsus yorliqlar bilan qadoqlash bu borada katta samara beradi.

Shuningdek, natriy iste’molini kamaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish talab etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Sog‘liqni saqlash sohasida qaysi faoliyat turlari lisenziyalanadi?

Sog‘liqni saqlash sohasida lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonunlari bilan belgilanadi.

Lisenziyalash asosida amalga oshiriladigan faoliyat turlari quyidagilar:

tibbiy faoliyat;

farmasevtika faoliyatining ayrim turlari;

tibbiy turizm;

sog‘liqni saqlash sohasidagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq faoliyat.

 

Ruxsat etish asosida amalga oshiriladigan faoliyat turlari:

maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish hamda ishlab chiqarish;

mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari va ko‘rsatiladigan xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash;

dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni O‘zbekiston hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish;

o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash;

rentgen uskunasidan foydalanish;

sanitariya-epidemiologiya sohasida normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish, ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib, kelishib berish hamda foydalanishga qabul qilish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, xavfli kimyoviy, radioaktiv moddalar, biologik vositalar va materiallardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga ruxsat berish tartibida amalga oshiriladi.

Shuningdek, oftal’mologiya tibbiy buyumlarining chakana realizasiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik bo‘yicha faoliyat vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.