E’LON !!!

Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali

Lavozimi: Şifokor epidemolog 1  stavka ştat birligi

 

Malaka talablari: 1) Oliy ma’lumotli tibbiy ma’lumotga (bakalavr, magistratura yoki ordinatura) ega bölişi.

2) Davolash işi, Tibbiy-profilaktika işi, Epidemiologiya böyiça mutaxassislikka ega bölişi.

3) Sohasi böyiça kamida 3 yil ish stajiga ega bölişi.

4) Davlat tilini va lotin yozuvida xujjatlarni yuritish, kompyuter savodxonligiga ega bölişi.

5) Özbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan mehnat majburiyatlarini bajarişi, Özbekiston Respublikasi Soğliqni Saqlaş Vazirining 88-sonli buyruği talablarini töliq bajarişi, jamoa şartnomasi, taşkilot içki mehnat tartib-qoidalari talablarini bajarişi. Majburiyatlar: Örnatilgan lavozim yöriqnomasi talablarini bajariş Mutaxassisligi: Davolaş işi, tibbiy-profilaktika işi, epidemiologiya yönalişlari

Ish tartibi: Iş kunlari: Duşanba, Şeşanba, Çorşanba, Payşanba, Juma, Dam olish kuni: Şanba. Yakşanba.

Ish vaqti: 08:30 dan 15:50 gacha

1-OKTABR USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI

Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
Filial direktori O.Mamatqulov markazda va Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida faoliyat olib borayotgan 40 nafar fidoiy ustozlarni bayram munosabati bilan tabriklab, TASHAKKURNOMA va estalik sovgʻalarini topshirdi.

RITOIATMSF da «O’zbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”

Joriy haftada Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali ishchi xodimlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil, 23-sentyabrdagi “ O’zbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-335 sonli Qarori ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida boʻlib, Filial faoliyati, olib borilayotgan amaliy ishlar va yangiliklar toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdilar.

 

Respublika travmatologiya va ortopediya tibbiyot markazi Samarqand filiali

Joriy yilning 10-iyul kuni filialning yetakchi mutaxasislaridan iborat guruh filial direktori Mamatqulov Oybek Xoliqovich boshchiligida Bulungʻur tumaniga travmatologik-ortopedik kasalliklarni erta aniqlash, aholini profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, birlamchi tizimdagi tibbiyot xodimlariga tashkiliy metodik yordam ko’rsatish hamda » Chaqaloqlarda chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi» bo’yicha skrining ko’riklarida ishtirok etish va tumanda xizmatni yanada yaxshilash maqsadida tashrif buyuradilar va 40 ta bemorlarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.

YO’L HARITASI

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining sohani rivojlantisihga qaratilgan 2026-yil uchun YO’L HARITASIda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan markazga O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi mutaxassislari tashrif buyurishdi.
Tashrifdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad: Markazda tibbiy hizmat ko’rsatish sifatini jahon darajasiga olib chiqishga tayyorlash, keyingi bosqichda Xalqaro nufuzli tashkilotlar akkreditatsiyasidan
ertifikatlash orqali markaz faoliyatini xalqaro darajaga olib chiqish.
 

Республика ихтисослаштирилган травматология ва ортопедия илмий амалий тиббиёт маркази Самарқанд Филиали: Марказимизда умуртқалараро диск чурраси замонавий эндоскопик усулда даволанмоқда.

❗️Республика ихтисослаштирилган травматология ва ортопедия илмий амалий тиббиёт маркази Самарқанд Филиали: Марказимизда умуртқалараро диск чурраси замонавий эндоскопик усулда даволанмоқда.

▶️ – Бугунги кунда дунёда глобал ривожланиш заминида инсонларга яратилаётган қулайликлар ва технологияларнинг жадал ўсиши  инсонларда камҳаракатлилик, нотўғри турмуш тарзи кечиришлари ҳисобига Остеохондроз, умуртқалараро диск чурралари кенг учрамоқда ва бу бугунги кунда глобал муаммога айланиб улгурди.

➕ Марказимизда умартқалараро диск чурраларини энг замонавий эндоскопик усулда даволаш кўнг йўлга қўйилган бўлиб, ушбу амалиётни бажариш учун мутаҳассислар дунёнинг етакчи мамалакатларида ўз малакаларини ошириб келишган.
– Мисол тариқасида ўтган 2025 – йил давомида марказнинг 40 нафар мутаҳассислари Жанубий Корея, Россия Федерацияси, Хитой Халқ Республикаси, Хиндистон каби мамлакатларнинг илғор клиникаларида ўқиб қайтишди.

🖥 Бундан ташқари Марказимизда ушбу турдаги жарроҳлик амалиётларини ўтказиш учун барча замонавий асбоб-ускуналар етарли бўлиб, ҳозирги кунда АҚШ, Хитойда ишлаб чиқарилган 4 дона энг замонавий 4К эндоскоп аппаратлари ишлаб турибди.

❗️Эндоскопик дискэктомия — умуртқалараро диск чуррасини кичик кесик орқали махсус камера (эндоскоп) ёрдамида олиб ташлаш усули.

✅ Асосий афзалликлари

1️⃣ Кичик кесик (≈ 0,5–1 см)
— Катта жароҳат қолмайди
— Тери ва мушаклар кам шикастланади

2️⃣ Қон йўқотиш жуда кам
— Операция хавфи паст

3️⃣ Оғриқ камроқ
— Операциядан кейин оғриқ анча енгил бўлади

4️⃣ Тез тикланиш
— Бемор кўп ҳолларда 1–2 кунда уйига чиқади
— Ишга қайтиш одатда 2–4 ҳафтада

5️⃣ Наркоз енгилроқ
— Айрим ҳолларда маҳаллий анестезияда ҳам қилинади

6️⃣ Чандиқ (из) деярли қолмайди

⚖️ Оддий (очиқ) операцияга нисбатан устунлиги
– Мушак кесилмайди, ажратилади
– Реабилитация вақти қисқа
– Асорат улуши кам.

🦴 Умуртқалараро диск чурраси бўлмаслиги учун тавсиялар:

✅  Тўғри ҳолат (постура):
– Узоқ вақт эгилиб ўтирманг
– Белни тик тутиб ўтиринг
– Компьютер экрани кўз сатҳида бўлсин
– Ҳар 40–60 дақиқада туриб, 2–3 дақиқа юринг

✅  Оғир юкни тўғри кўтариш:
– Белни эмас, тиззани букиб кўтаринг
– Юкни танангизга яқин ушланг
– Бурилиб эмас, бутун танани буриб ҳаракат қилинг

✅ Бел мушакларини мустаҳкамлаш:
– Планка машқи
– Қорин ва бел машқлари
– Сузиш (энг фойдали спорт тури)
– Йўл-йўлакай енгил чўзилиш машқлари

✅  Вазнни назорат қилиш:
– Ортиқча вазн белга босимни оширади
– Соғлом овқатланишга амал қилинг

✅ Узоқ вақт машина ҳайдашдан сақланиш:
– Тез-тез тўхтаб, чўзилиш машқлари қилинг

✅  Чекишни ташлаш:
– Чекиш диск тўқимасининг озиқланишини ёмонлаштиради.

РИТОИАТМ Самарқанд Филиали

Матбуот ҳизмати
https://t.me/c/1428281425/1

«Sog’liqni saqlash vaziri kubogi-2023» sport musobaqalari bo’lib o’tdi

 Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand Filialiga qarashli sport maydonida O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari o’rtasida o’tkazilayotgan sport musobaqalariga start berildi.

Musobaqaning dastlabki kunida 3-Hududdan joy olgan 4 ta viloyat davolash profilaktika muassasalari: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali, Viloyat perinatal markazi, Viloyat ruhiy kasalliklar dispanseri hamda Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari sportning futbol, stol tennisi, shashka va shaxmat turlari bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar.

Futbol bo’yicha 2-o’rin; stol tennisi bo’yicha 1-o’rin va shaxmat bo’yicha 1-o’rinni egallagan markazimiz xodimlari umumiy hisobda 3-Hududda 1 o’ringa sazovor bo’lishdi.

RITOIATM Samarqand filiali axborot hizmati.